Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Oʻzbekiston va Hongkong qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasi va taʼlim sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Henderson Land Group» xoldingi boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuvdan soʻng maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 16-oktabr kuni Xitoyning Hongkong maxsus maʼmuriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — «Henderson Land Group» boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi.

«Qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va taʼlim sohalaridagi istiqbolli qoʻshma loyihalarni muhokama qildik.

Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Hongkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.

Oʻzbekiston va Gonkong oʻrtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonaman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.