Sport

Sadriddin Hasanov Portugaliyada ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi

Sadriddin Hasanov Portugaliyadagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazdi

Portugaliya U-23 chempionatining yangi mavsumi boshlandi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov to‘p surayotgan “Braga U-23” jamoasi birinchi turda “Farense U-23” mehmoni bo‘ldi.

“Braga” yoshlari 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan ushbu uchrashuvni Sadriddin Hasanov asosiy tarkibda boshladi va 87-daqiqada zaxiraga olindi. Bu uning Portugaliyadagi yangi jamoasi safidagi ilk rasmiy o‘yini bo‘ldi.

Uchrashuvda mezbonlar 32-daqiqada Moraesning goli bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Farense” ketma-ket gollar urib, hisobni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. Nsumbu 62-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Karvalyu “Braga”ni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, Nsumbu 72-daqiqada dubl qayd etdi, 82-daqiqada esa Kosta mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Sayfiddin Sodiqov esa kichik jarohati tufayli ushbu bahsda ishtirok etmadi. U hozirda individual mashg‘ulotlar olib bormoqda va hafta oxirigacha jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, har ikki o‘zbekistonlik futbolchi yozgi transferlar oynasida Portugaliyaning “Braga” klubiga kelib qo‘shilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.