Sadir Japarov o‘zbekistonlik jurnalist Ahmadjon Meliboyevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Sadir Japarov o‘zbekistonlik jurnalist Ahmadjon Meliboyevni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 14-sentyabr kuni o‘zbekistonlik yozuvchi va jurnalist Ahmadjon Meliboyevga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Ahmadjon Meliboyev O‘zbekiston madaniyat sohasi vakili, yozuvchi va jurnalist sifatida “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.
Marosim davomida kasbiy faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual va madaniy taraqqiyotiga hissa qo‘shgan turli soha vakillariga davlat mukofotlari berildi.
“Davlat mukofoti — o‘z mehnati bilan mamlakat taraqqiyoti va xalqqa xizmat qilishga salmoqli hissa qo‘shgan insonlarga davlat tomonidan bildiriladigan e‘tirof va minnatdorlikning eng oliy shaklidir”, dedi Sadir Japarov.
Qirg‘iziston prezidenti mukofotlash tizimini tartibga solish, adolat, xolislik va shaffoflikni ta‘minlash maqsadida tegishli qonun ishlab chiqilib, qabul qilinganini ta‘kidladi.
“Biz mukofotlash tizimini qonunchilik darajasida yangilash, shuningdek, davlat mukofotlari nufuzini oshirish bo‘yicha qadamlar tashladik. Yangi qonunchilikka muvofiq, mukofotlar soni maqbullashtirildi va ularning ahamiyati oshirildi. Endilikda davlat mukofoti faqat haqiqatan ham munosib insonga topshirilishi kerak, degan tamoyilga qat‘iy rioya qilish zarur”, dedi u.
Marosimda, shuningdek, turli soha vakillari orden va mukofotlar bilan taqdirlandi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

