Sabalenka Raximovani magʻlub etib, US Open turnirining 4-bosqichiga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Arina Sabalenka US Open turnirining uchinchi davrasida Kamilla Raximovani 6:3, 6:4 hisobida magʻlub etdi.

Sabalenka Rahimovani magʻlub etib, US Open turnirining 4-bosqichiga yoʻl oldi
Dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi, belaruslik tennischi Arina Sabalenka US Open 2026 turnirining toʻrtinchi bosqichiga chiqdi.
Uchinchi raund bahsida u jahon reytingida 92-oʻrinni egallab turgan Oʻzbekiston vakilasi Kamilla Rahimova ustidan 6:3, 6:4 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuv 1 soatu 30 daqiqa davom etdi. Sabalenka 10 ta eys amalga oshirdi, bitta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va yettita breyk-poyntdan ikkitasini muvaffaqiyatli yakunladi.
Rahimova ikkita eys bilan ajralib turdi, biroq toʻp uzatishda olti marta xatolikka yoʻl qoʻydi. Ushbu oʻyinda u breyk-poynt ishlab olishga muvaffaq boʻlmadi.
Keyingi raundda Sabalenka chorak final yoʻllanmasi uchun kurashadi. Uning raqibi rossiyalik Diana Shnayder va amerikalik Teylor Taunsend oʻrtasidagi uchrashuv natijasiga koʻra maʼlum boʻladi.

