Rustam Emomali Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Islom tsivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Rustam Emomali Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markazida boʻldi
Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonga Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qildi.
Tashrif davomida delegatsiya Oʻzbekistonning tarixiy-madaniy merosini saqlash va ommalashtirish, shuningdek, mintaqaning yetakchi olim va mutafakkirlarining jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini namoyish etish bilan shugʻullanuvchi markaz faoliyati bilan tanishdi.

