Mahalliy

Ruslanbek Davletov prezident maslatchisi lavozimidan ozod etildi

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi lavozimidan bo‘shatildi. U 2025-yil iyul oyidan buyon prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan edi.

Davletov 2017-yil 14-avgustda Adliya vazirligiga rahbar etib tayinlangan, keyinchalik, 2022-yil 15-noyabrda prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgan edi.

Prezident farmoniga ko‘ra, Olim Davlatov davlat rahbarining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Olim Davlatov 1976-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Bungacha u Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi direktori lavozimida ishlagan. 2026-yil 28-mayda unga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni berilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.