Ruminiya yaqinida tanker hujumga uchradi. 7 dengizchi qidirilmoqda
Oktabr oyi boshidan buyon Ruminiya va Bolgariya sohillari yaqinida kamida beshta yuk kemasi dronlar hujumiga uchragan va kamida 23 dengizchi halok boʻlgan.

Ruminiya yaqinida tankerga hujum qilindi. 7 dengizchi qidirilmoqda
Qora dengizning Ruminiya qirg‘oqlari yaqinidagi qismida tanker dron zarbasiga uchragach, ekipajning 12 a’zosidan 7 nafari yo‘qolgan.
San-Marino bayrog‘i ostida suzgan Wine Trader nomli kema 15-oktabr kuni ertalab soat 7 lar atrofida xavf signalini yuborgan. Kema bortida jami 12 kishi bo‘lgan. Ulardan besh nafari qutqarilgan, qolganlari esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
O‘sha kechasi Qora dengizda yana bir kemada — Komor orollari bayrog‘i ostida suzgan, kimyoviy mahsulotlar tashishga mo‘ljallangan Yara J nomli tankerda ham yong‘in chiqqan. Jabrlanganlar yo‘q, ekipaj yong‘inni mustaqil ravishda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Reuters xabariga ko‘ra, hujum vaqtida ikkala kema ham Ruminiya sohillari yaqinida langar tashlab turgan edi, biroq mahalliy rasmiylar hozircha bortdagi yong‘inlarni Rossiya dronlari hujumi bilan bog‘lamayapti.
Nashrning qayd etishicha, so‘nggi o‘n kun ichida Ruminiya va Bolgariya sohillari yaqinida kamida beshta yuk kemasi dronlar hujumiga uchragan. Bu hujumlarning barchasi NATO hududiy suvlaridan tashqarida sodir etilgan va jami 23 nafar dengizchining o‘limiga sabab bo‘lgan.

