Dunyo

Rubioga rus tilida savol berilmagan - tarqalgan video kontekstdan uzib olingan

Kecha AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan Registondagi matbuot muloqotidan olingan qisqa video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi. Aslida esa Rubioga savol rus tilida berilmagan, jurnalist esa Bloomberg muxbiri boʻlgan. U mahalliy tilni rus tili deb oʻylagani ushbu vaziyatni keltirib chiqardi.

Rubioga rus tilida savol berilmagan — tarqalgan video kontekstdan uzib olingan

Aniqlanishicha, Marko Rubioga savol bergan shaxs mahalliy OAV vakili emas, balki Bloomberg agentligi jurnalisti Erik Martin bo‘lgan. U Davlat kotibiga ingliz tilida murojaat qilgan. Marko Rubio esa undan O‘zbekistonning mahalliy tilini bilish-bilmasligini so‘ragan.

Jurnalist rus tilini chala bilishini aytgan. Shunda davlat kotibi mahalliy til o‘zbek tili ekanini, biroq bu yerda rus tili davlat tili bo‘lmasa ham, ko‘pchilik uni tushunishini qo‘shimcha qilgan.

Til haqidagi gap shu qisqa muloqot davomida yangrab, muhokamalarga sabab bo‘lgan. Xususan, ko‘pchilik jurnalistni mahalliy OAV vakili deb o‘ylab, uni tanqid qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.