Mahalliy

Rubio: «Saida nihoyatda isteʼdodli, aqlli va mehnatkash inson»

AQSH davlat kotibi uning saʼy-harakatlari davlatlar hamda xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirish, mamlakatlar oʻrtasidagi biznes aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilayotganini taʼkidlagan.

Rubio: «Saida nihoyatda isteʼdodli, aqlli va mehnatkash inson»

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi biznes-forumda Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini yuqori baholadi.

U oʻz chiqishida AQSH–Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashi hamraislari — AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyevaga alohida minnatdorlik izhor etdi.

«Biz uni shunchaki Saida deb chaqiramiz, chunki uni turli joylarda, koʻplab tadbirlarda uchratamiz. U nihoyatda isteʼdodli, aqlli va mehnatkash inson. Bu ishga ajratgan vaqtingiz va kuch-gʻayratingiz uchun ikkingizga ham rahmat», – deydi Rubio.

AQSH davlat kotibining aytishicha, ularning saʼy-harakatlari hamda S5+1 guruhi bilan hamkorlik davlatlar va xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirishga, mamlakatlar oʻrtasidagi biznes aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

«Biz mustaqil va suveren davlatlarmiz. Har birimiz oʻz mamlakatimiz va xalqimiz uchun eng yaxshisini istaymiz. Aynan shu umumiy qadriyatlar va maqsadlar munosabatlarimizni samarali rivojlantirish imkonini bermoqda», – dedi Marko Rubio.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.