Rubio Oʻzbekiston uchun savdo cheklovlarini bekor qilish muddatlarini aytishga qiynaldi. Video

Rubio Oʻzbekiston uchun savdo cheklovlari qachon olib tashlanishini ayta olmadi. Video
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan Jekson — Venik tuzatishini bekor qilish muddatlarini aytmadi. Tegishli savolga javob berar ekan, Davlat departamenti rahbari bu qaror AQSh Kongressiga bogʻliqligini bildirdi va ushbu masala boʻyicha qonun chiqaruvchilarga murojaat qilishni taklif etdi.
Shu bilan birga, Rubio mintaqa mamlakatlari uchun tuzatish amal qilishini bekor qilishni xohlashini taʼkidladi. Biroq Davlat departamenti bunday qarorni mustaqil ravishda qabul qilish huquqiga ega emas, Kongress esa hozircha bu masalani siljitgani yoʻq.
Jekson — Venik tuzatishi AQShda 1974 yilda qabul qilingan. U erkin emigratsiyaga toʻsqinlik qilgan davlatlar bilan savdo munosabatlarini cheklar edi va normal savdo munosabatlari rejimini taqdim etish, davlat tomonidan kreditlash hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning baʼzi turlariga cheklovlarni nazarda tutar edi.
Oʻzbekistonga nisbatan tuzatishning bekor qilinishi AQSh bilan savdo-iqtisodiy munosabatlardagi huquqiy gʻovlardan birini olib tashlashi mumkin edi.

