Rossiyalik rekordchi futbolchi Artem Dzyuba faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi

Rossiyalik rekordchi futbolchi Artem Dzyuba faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi
Rossiyalik futbolchi Artem Dzyuba professional faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi. Bu haqda 38 yoshli hujumchi OAVga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Sportchi oʻz faoliyati amalda yakuniga yetganini, biroq buni rasman eʼlon qilish niyati yoʻqligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, maydonga tushish uchun yagona imkoniyat mediajamoalardan biri tarkibida Rossiya Kubogi oʻyinlarida ehtimoliy ishtirok etish boʻlib qolmoqda. Hujumchining soʻnggi klubi Tolyattining "Akron" jamoasi boʻlib, u yerda 2024 yildan buyon toʻp surgan va shundan soʻng jamoasiz qolgan edi.
Artem Dzyuba Rossiya futboli va milliy terma jamoasi tarixidagi eng koʻp gol urgan rekordchi futbolchi hisoblanadi. Faoliyati davomida u "Spartak", "Tom", "Rostov", Tulaning "Arsenal", Turkiyaning "Adana Demirspor" va "Lokomotiv" kabi klublarda oʻynagan.
Hujumchi eng katta muvaffaqiyatlariga "Zenit" tarkibida erishgan boʻlib, ushbu jamoa bilan toʻrt marta Rossiya chempioni boʻlgan, shuningdek, uch marta mamlakat Kubogi va toʻrt marta Superkubogini qoʻlga kiritgan. Rossiya terma jamoasi safida hujumchi 56 ta oʻyin oʻtkazib, 2016 va 2021 yilgi Yevropa chempionatlarida hamda 2018 yilgi uy sohibi sifatida oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan.

