Dunyo

Rossiyadagi savdo majmuasida yongʻin: odamlar oʻzini derazadan tashladi, 3 kishi halok boʻldi

Rossiyadagi savdo markazida yongʻin: odamlar derazadan sakradi, 3 kishi vafot etdi

Rossiya tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasining Sterlitamak shahrida mahalliy aholi orasida mashhur boʻlgan “Solnechniy” savdo majmuasida yongʻin chiqdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, yongʻin natijasida uch kishi halok boʻlgan, yana toʻrt kishi jarohatlangan.

Yongʻin savdo va xizmat koʻrsatish majmuasining toʻrt qavatli gʻishtdan qurilgan binosida yuz bergan. “Solnechniy” hududidan 17 kishi evakuatsiya qilingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, yongʻin paytida signalizatsiya ishlamagan boʻlishi mumkin. Ayrimlar olovdan qochib binoning yuqori qavatlaridagi derazalardan sakrashga majbur boʻlgan. Boshqalar esa ularni qutqarish uchun qoʻyilgan narvonlardan yiqilib tushgan.

Biroq “Solnechniy” savdo majmuasi maʼmuriyati yongʻin signalizatsiyasi ishlamaganini inkor etmoqda.

Mahalliy sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, yongʻinda jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli ogʻir. 16 yoshli qiz va uchinchi qavatdan sakragan 27 yoshli ayolning ahvoli oʻrtacha ogʻir deb baholanmoqda.

Huquq-tartibot idoralariga yaqin Baza Telegram-kanali esa yongʻinda jami yetti kishi jabrlanganini bildirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.