Rossiyadagi «Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvurida portlash yuz berdi
Rossiya FVV xabariga koʻra, portlashga yuqori bosim tufayli quvur yorilishi sabab boʻlgan. Oqibatda yongʻin olovi 70 metr balandlikka koʻtarilgan.

Rossiyadagi «Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvurida portlash sodir boʻldi
Rossiyaning Penza viloyatida joylashgan «Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvurida portlash yuz berdi. Hodisa Volchkovo qishlogʻi yaqinida roʻy bergan. Natijada portlash joyida 70 metr balandlikka olov ustuni koʻtarilgan, gaz uzatish toʻxtatilgach esa yaqin atrofdagi oʻtlar yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻqligi bildirilmoqda.
Rossiya FVV maʼlumotiga koʻra, portlashga yuqori bosim sabab quvur yorilishi olib kelgan.
Hodisa joyida avariya va tezkor xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Oqibatlarni bartaraf etish uchun 34 nafar xodim va 12 ta texnika safarbar etilgan.
«Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvuri Turkmaniston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston gaz konlarini Rossiya hamda Yevropa bilan bogʻlaydi.

