Boshqa

Rossiyada silovsinni bezovta qilgan o‘zbekistonlik erkak jarimaga tortildi (video)

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘zbekistonlik fuqaro silovsinni bezovta qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “RIAMO” agentligi xabar berdi.

Voqea “Meni qutqar” nomli hayvonlar boshpanasida yuz bergan. Erkak qo‘riqlanadigan hududga ruxsatsiz kirib borgan. Boshpana rahbari qo‘riqchini chaqirib, 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘zbekiston fuqarosi hibsga olinayotgan vaqtda o‘zini “Interpol payvandchisi” deb tanishtirgan.

“Vityaz” qo‘riqlash korxonasi bayonotida aytilishicha, erkak voqea joyiga yetib kelgan qo‘riqlash xodimlariga “Interpol payvandchisi” ekanligini aytib, qo‘lga olingani uchun ularga jiddiy muammolar bo‘lishini va’da qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik erkak boshpana hududiga o‘z sherigini izlab kelgan. Uning mast holatda bo‘lgani aytilmoqda. Politsiya xodimlari 1982-yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha bayonnoma tuzgan.

U 500 rubl (taxminan 76 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan. Erkakning Rossiya hududida qonuniy asosda bo‘lgani aniqlangan.

Boshpana egasi Karen Dallakyan shunday dedi: “Bu voqeadan so‘ng Marusya ismli silovsin qattiq stressni boshdan kechirdi, bu juda achinarli holat”.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.