Dunyo

Rossiyada oʻzbekistonlik ishchilarning olib qoʻyilgan hujjatlari qaytarildi

Rossiyadagi «Insiti Logistika» MChJda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining olib qoʻyilgan hujjatlari Migratsiya agentligi vakolatxonasi aralashuvidan soʻng qaytarildi. Ish beruvchi toʻlanmagan ish haqini 48 soat ichida toʻlab berish majburiyatini oldi.

Rossiyada oʻzbekistonlik ishchilardan olib qoʻyilgan hujjatlar qaytarildi

Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, 28-sentabr kuni vakolatxonaga mazkur korxonada ishlayotgan oʻzbekistonliklarning hujjatlari olib qoʻyilgani hamda ularga ish haqi toʻlanmayotgani haqida murojaat kelib tushgan.

Vakolatxona xodimlari joyiga borib, ish beruvchi bilan muzokara olib borgan. Natijada fuqarolarning hujjatlari qaytarilgan va ish haqi boʻyicha qarzdorlikni 48 soat ichida toʻlash majburiyati olingan.

Agentlik ushbu masala vakolatxona nazoratida ekanini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.