Dunyo

Rossiyada harbiylarga mo‘ljallangan marketpleys ishga tushadi

Rossiyada harbiylar uchun mo‘ljallangan yangi onlayn savdo maydonchasi – “Roy.Market” ishga tushirilmoqda. Bu xizmat avval ikki maqsadli mahsulotlarni taklif etgan bo‘lsa, endi u to‘liq marketpleys formatida faoliyat yuritadi. Bu haqda “Kommersant” nashri ma’lum qildi.

“Roy.Market” boshqaruvi raisi Andrey Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, platforma shu kungacha sinov rejimida ishlagan. Endilikda u Wildberries va Ozon kabi yirik marketpleyslar bilan hamkorlik qilayotgan sotuvchilarni ham o‘ziga jalb etishni boshlaydi.

“Roy.Market”ni yaratuvchilar 2027-yilga qadar mahsulotlar katalogini 10 mingdan ortiqroqqa kengaytirishni rejalashtirgan. Ushbu katalogda dronlar uchun ehtiyot qismlardan tashqari, shaxsiy himoya vositalari, elektronika va harbiy dala formasi kabi mahsulotlar ham sotuvga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, iyul oyining o‘rtalaridan boshlab Ukraina Rossiyadagi eng yirik marketpleyslardan biri bo‘lgan Wildberries omborlariga hujumlar uyushtirib kelmoqda. Kiyev bu omborlarni “qonuniy harbiy nishonlar” deb atagan, chunki ularda dronlar uchun qismlar, harbiy kiyimlar va urushga mo‘ljallangan boshqa tovarlar ham sotilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.