Iqtisodiyot

Rossiya neft-kimyo mahsulotlarini YOIIdan tashqariga eksport qilishni taqiqladi

Moskva mahalliy sanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash maqsadida ayrim neft-kimyo mahsulotlari eksportiga vaqtincha cheklov qo‘ydi. Bu Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan tashqari mamlakatlarga chiqariladigan tovarlarga taalluqli bo‘ladi.

Rossiya neft-kimyo mahsulotlarining YOIIdan tashqariga eksportiga cheklov qo‘ydi

Rossiya hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidan tashqariga ayrim neft-kimyo mahsulotlarini olib chiqishni vaqtincha man qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Hukumat bayonotiga ko‘ra, mazkur qaror Rossiya sanoat korxonalarini xomashyo bilan barqaror ta’minlashni saqlab qolishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Vaqtincha cheklov uch oy davomida kuchda bo‘ladi. Taqiq quyidagi mahsulotlarga taalluqli:

- ko‘mir va neft benzoli;

- toluol;

- ortoksilol va paraksilol;

- fenol.

Bu moddalar mashinasozlikda qoplamalar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat qadoqlari, kabel mahsulotlari uchun izolyatsiya materiallari hamda tibbiyot sanoatida ishlatiladi.

Hukumatning aniqlik kiritishicha, taqiq xalqaro tranzit, gumanitar yordam hamda Svalbard arxipelagidagi Rossiya tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.