Dunyo

Rossiya Kiyev va Odessaga hujum qildi: qurbonlar va vayronagarchiliklar bor

Rossiya qurolli kuchlarining Kiyevga raketa hujumi oqibatida ikki kishi halok boʻldi, yana olti kishi jarohatlandi. Jabrlanganlarning ikki nafari ogʻir ahvolda. Shaharning bir nechta tumanida raketa parchalari turar joylar, maʼmuriy binolar va tugʻuruqxona yaqiniga tushgan.

Rossiya Kiyev va Odessaga zarba berdi: qurbonlar va vayronalar bor

Kiyev meri Vitaliy Klichko 24-sentabrga oʻtar kechasi Telegram orqali hujum oqibatlari haqida maʼlumot berdi, deb yozmoqda.

Uning aytishicha, Darnitsa tumanida raketa parchasi yoʻlning qatnov qismiga tushgan. Solomenka va Podol tumanlarida esa parchalar noturar binolar joylashgan hududlarga kelib tushgan.

Dnepr tumanida raketa parchalari 16 qavatli turar joy va xususiy uy hovlisiga, shuningdek, maʼmuriy binoga tushgan. Xususiy hovlilar ham zarar koʻrgan, uylardan birida vayronagarchilik qayd etilgan.

Tugʻuruqxona yaqinida avtomobillar yondi

Klichkoning maʼlum qilishicha, Podol tumanida raketa parchalari tugʻuruqxona yonidagi avtoturargohga tushib, avtomobillarning yonishiga sabab boʻlgan. Tibbiyot muassasasi derazalari va bino fasadining bir qismi shikastlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tugʻuruqxonada hech kim jabrlanmagan. Biroq yaqin atrofdagi klinik-diagnostika markaziga ham zarar yetgan.

Ukrainaning Insider UA Telegram kanali xabariga koʻra, 35 daqiqa ichida Kiyev tomon turli rusumdagi qariyb 20 ta raketa uchirilgan. Kanal hujumning asosiy nishoni elektr energetikasi obyektlari boʻlganini bildirgan.

Odessada ham binolar zarar koʻrdi

Rossiya kuchlari Odessaga ham hujum qilgan. Bu haqda shahar harbiy maʼmuriyati rahbari Sergey Lisak Telegram kanalida xabar bergan.

Uning soʻzlariga koʻra, hujum oqibatida tibbiyot va taʼlim muassasalari, shuningdek, turar joylar shikastlangan.

«Barcha tegishli xizmatlar hodisa joylarida ishlamoqda. Odamlarga yordam koʻrsatish uchun tezkor shtablar tashkil etilmoqda», - deb yozgan Lisak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.