Siyosat

Rossiya AQSHga qarshi urush uchun Eronga o‘q-dori yetkazib berishni boshladi

Rossiya Eron uchun trotil (TNT), o‘q-dorilar va dron komponentlarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Deutsche Welle NBC News nashriga tayanib xabar berdi.

Tehron ushbu qurollar yordamida AQSH va Isroil zarbalaridan so‘ng kamayib ketgan zaxiralarini to‘ldirmoqda. Yevropalik anonim rasmiy yetkazib berish boshlangani haqidagi xabar rost ekanini tasdiqladi.

NBC’ning yozishicha, AQSH va Isroil Rossiya hamda Eron portlari o‘rtasidagi barcha yuklarni ushlab qola olmaydi. Chunki yuk tashish ishlari Kaspiy dengizi orqali amalga oshirilmoqda. Kaspiy dengizi yopiq suv havzasi bo‘lib, u Rossiya, Eron, Qozog‘iston, Turkmaniston va Ozarbayjon nazorati ostida.

Yevropa hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish ishlari Eronning shimoliy sohilidagi Bandar-Anzali port majmuasiga qilingan Isroil hujumlaridan keyin ham davom etgan. Bu port Moskva va Tehron o‘rtasida qurol tranziti uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Bu tranzit Kreml va Tehron hokimiyati o‘rtasidagi strategik ittifoq yanada chuqurlashayotganini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga urush boshlaganining dastlabki yillarida Eron ham Moskvaga yordam bergan edi. Xususan, eronliklar Rossiyaga Shahed turidagi zarbdor dronlarni va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini taqdim etgan.

Rossiya Eron texnologiyasini modernizatsiya qildi va Ukrainaga zarba berish uchun bunday dronlarni o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, Rossiya Eronga AQSHning Yaqin Sharqdagi pozitsiyalariga zarba berish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari hamda razvedka ma’lumotlarini yetkazib bergan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.