Dunyo

Rossiya 2040 yilga borib uran qazib olish jahon hajmining uchdan bir qismini oʻz nazoratiga olishi mumkin

Rossiya 2040 yilga borib dunyo uran qazib olish hajmining uchdan bir qismi ustidan nazorat oʻrnatishi mumkin

Yaqin 15 yil ichida Rossiya dunyo uran qazib olish hajmining uchdan bir qismini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita nazorat qilishi mumkin. Buyuk Britaniyaning Centre for Strategic Advantage (CSA) tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilar maʼlumotlariga koʻra, agar faqat RF hududining oʻzida qazib olingan uran hisobga olinsa, uning jahon bozoridagi ulushi 2024 yilda taxminan 5 foizni tashkil etgan. Ammo "Rosatom" tarkibiga kiruvchi va Qozogʻiston, Tanzaniya, Namibiya hamda Nigerda xomashyo qazib oluvchi Uranium One kompaniyasining xalqaro loyihalari inobatga olinsa, 2024 yilda dunyo quvvatlarining qariyb 25 foizi Rossiya nazoratida boʻlgan. Tahlilchilar prognoziga koʻra, 2040 yilga borib bu koʻrsatkich 36 foizgacha oshishi mumkin.

Financial Times ekspertlarining taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda jahondagi past narxlar va zaif talab tufayli gʻarb davlatlari uran konlarini oʻzlashtirishga investitsiyalarni qisqartirgan. Shu bilan birga, yaqin istiqbolda uranga boʻlgan talabning oshishi kutilmoqda.

Soha vakillari qazib olish hajmini oshirish uchun davlatning uzoq muddatli kafolatlari zarurligini aytmoqdalar. Amerika Qoʻshma Shtatlari 2024 yil may oyida Rossiyadan uran import qilishga taqiq joriy etdi (bunda 2028 yilgacha istisnolar boʻlishi mumkin), biroq cheklovlar "Rosatom" tuzilmasi tomonidan RF tashqarisida qazib olinadigan uranga taalluqli emas.

Yevropa Ittifoqida Rossiya urani importi taqiqlanmagan.

2024 yil 26 mart kuni "Navoiyuran" DK va "Texsnabeksport" "Uranium One Group" AJ bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yil mart oyi oxirida Jizzax viloyatida boʻlajak AES maydonchasida dastlabki betonlash ishlari boshlandi — quruvchilar RITM-200N kichik quvvatli reaktori binosi poydevorini quyishga kirishdilar. Oʻzbekistondagi atom elektr stantsiyasi loyihasi mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy va texnologik rivojlanishining asosiy elementi sifatida koʻrilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.