Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamaganini bildirdi
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamaganini bildirdi. 41 yoshli futbolchi milliy jamoa safida yana oʻynashga tayyorligini aytdi.

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini tugatmaganini aytdi
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamaganini ma’lum qildi. 41 yoshli futbolchi terma jamoa safida yana maydonga tushishga tayyor ekanini bildirdi.
«Xayrlashuv oʻyini mavzusida haqida koʻp gaplarni eshitdim. Ha, munosib tarzda xayrlashishim kerak va federatsiya menga shunday imkoniyat berishga tayyor.
Hayotda och qolgan, yeyishga hech narsam boʻlmagan paytlarda bir narsani angladim: hech kim hech kimga hech narsani shunchaki bermaydi.
Barcha muxlislarimga, ayniqsa, Portugaliya xalqiga bir yoki bir nechta xayrlashuv oʻyini oʻtkazishimizga vaʼda bera olaman. Buning uchun hali vaqt boʻladi.
Ammo terma jamoa haqida oʻylaganimda, avvalo, musobaqalarda kurashishni oʻylayman. Otamning vafoti haqida xabar olgan kuni ham xayolimda shu edi. Oʻshanda terma jamoamiz yigʻinida edim va ertasi kungi oʻyin tugaguniga qadar jamoada qolishga qaror qildim. Mamlakatim uchun qilgan bu ishimni hech bir klub uchun qilmagan boʻlardim.
Shunday ekan, jismoniy holatim yaxshi boʻlsa, klubimda oʻynab, umid qilamanki, gollar urib tursam, menga belgilanishi mumkin boʻlgan har qanday diskvalifikatsiya muddatini oʻtab boʻlgach, terma jamoamiz uchun kurashish va gʻalaba qozonishga har doimgidek tayyor boʻlaman.»

