Sport

Ronaldu joriy mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligiga ishora qildi

Ronaldu joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkinligiga ishora qildi.

"An-Nassr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy yil uning professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. 41 yoshli futbolchi Vogue jurnalida chop etilgan intervyusida o‘zining kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Katta ehtimol bilan, bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘ladi va men o‘zimdan ajoyib meros qoldirmoqchiman", deydi Ronaldu.

Hujumchi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng nimalar bilan shug‘ullanishi haqidagi savolga ham batafsil javob berdi.

"Vaqtimni ko‘proq hordiq chiqarishga, sayohat qilishga, o‘zimga yoqadigan padel o‘yinini tomosha qilish va o‘ynashga, shuningdek, erishgan yutuqlarimizdan zavqlanishga sarflamoqchiman. Nima bo‘lganda ham, bu 25 yillik ko‘plab qurbonliklar talab qilgan davr bo‘ldi", deb qo‘shimcha qiladi portugaliyalik futbolchi.

Besh karra "Oltin to‘p" egasi 20 yillik faoliyati davomida jami 976 ta gol urgan. Hozirda u gollari sonini 1000 taga yetkazish uchun "An-Nassr" safida to‘p surmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2002-yilda "Sporting" safida debyut qilgan. Shuningdek, u "Manchester Yunayted", "Real Madrid", "Yuventus" va "An-Nassr" klublarida to‘p surib, ko‘plab yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Faqatgina Portugaliya terma jamoasi bilan Jahon Chempionatida zafar quchish futbolchining sovrinlari orasida amalga oshmay qolgan yagona yirik yutuq bo‘lib turibdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.