Roli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirishdan qo‘rqmagan aktrisalar (foto)

Roli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirishdan cho‘chimagan aktrisalar (foto)
Keling, tashqi qiyofasini noodatiy tajribalarda sinab ko‘rgan jasur aktrisalarni bir eslab olaylik.
**Sharliz Teron**
Aktrisaning fikricha, tashqi ko‘rinishga o‘zgartirish kiritish g‘azab uyg‘otish uchun emas, balki muvaffaqiyat sari yo‘l ochish demakdir. U “Maxluq” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. “‘Telba Maks’ filmi har jihatdan foydali bo‘ldi. Sochlarim shu qadar ko‘p ediki, ularni eplab bo‘lmasdi. Mana endi to‘liq erkinlikka erishdim” – deydi sochlaridan voz kechgan Sharliz.
**Demi Mur**
2015-yilda Demi Murning qizi Rumer singlisi Tallulaning sochlarini qanday kesishini ko‘rsatgan. U 1997-yildagi mashhur “Askar Jeyn” dramasidagi onasining rolidan ilhomlangan.
**Sigurni Uiver**
“Begona-3” filmi ijodkorlari Sigurni Uiverni ilk bor sochsiz holda ko‘rsatishga qaror qilgan. Gollivudda bunday holatlar tez-tez uchraydi, odatda suratga olish tugagach rejissyor ayrim kartinalar ustida qayta ishlaydi. Ammo bu paytda Sigurnining sochi qayta o‘sishni boshlagan edi.
Rejissyor Sigurnining sochini yana bir bor qirishni va buning evaziga 40 ming dollar berishni taklif qiladi. Shuningdek, aktrisaning kalligini yashirib turuvchi xuddi asliga o‘xshagan parik ham sotib olinadi. Sigurni sochsizlikka ancha ko‘nikib qolgan edi, parikni esa ikki yoshli qizalog‘ini qo‘rqitib yubormaslik uchun kiyadigan bo‘ladi.
**Natali Portman**
Natali Portmanning sochini qirish sahnasi ibodat bilan bog‘liq “Vachovskiy” filmining asosiy voqealaridan biri. Bundan tashqari, Natali o‘zining tashqi ko‘rinishi butunlay o‘zgarganidan mamnun bo‘lgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, sochini kesish uchun anchadan beri shunday qulay imkoniyatni kutib yurgan.
**Naomi Grossman**
“Amerika dahshati qissasi” seriali doimo aktyorlarni kutilmagan obrazlarda sinab ko‘rishi bilan mashhur. Albatta, kimdadir o‘zgarish juda katta bo‘lishi kerak. Masalan, Naomi Grossman obraz uchun nafaqat sochlarini qirdirgan, balki soxta burun, quloq va tishlarni taqib, yuz ifodasi hamda imo-ishoralar ustida ham puxta ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Naomining aytishicha, grim uchun taxminan uch soat vaqt ketgan.
**Keyt Blanshett**
Keyt parik kiyib yurishni yoqtirmasligini tez-tez ta’kidlaydi. U o‘zining bor sochi bilan qiziqarli rollarni ijro etishni yaxshi ko‘radi. “Jannat” filmidagi roli uchun sochlarini kesib tashlagan aktrisa bu ishni yana takrorlashi mumkin.
**Runi Mara**
Runi Mara “Ajdaho naqshli qiz” filmidagi detektiv roli uchun maxsus taqinchoqlar taqiladigan joylarini bir kunda teshib chiqqan. Aktrisa bundan avval hatto zirak ham taqmagan.
**Tilda Suinton**
Tilda hech qachon kasbi uchun tajriba qilishdan qo‘rqmagan. Shuning uchun 84 yoshli beva va badavlat ayol obrazi uni mardona aktrisaga aylantirdi.
**Meril Strip**
Eski klassik ertaklar motivlari asosida suratga olingan “O‘rmon ichkarisida” filmida Meril Strip juda xunuk hamda istalgan kishini sehr-jodusiz ham qo‘rqitishga qodir bo‘lgan yovuz jodugar rolini ijro etgan.
**Emma Tompson**
“Mening qo‘rqinchli enagam” filmida enaga Makfi rolini ijro etgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi qo‘rquv uyg‘otsa-da, aslida u mehribon, haqiqiy sehrgar. Odatda insonlar sehrgarlar ham go‘zal bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo barcha qoidalarda ham istisnolar mavjud.
**Gvinet Peltrou**
“Sevgi yomon” filmida baqaloq Rozmarini ijro etgan Gvinet yaxshiyamki semirishga majbur bo‘lmadi. Aktrisa maxsus kostyumlar yordamida o‘z rolini qoyilmaqom tarzda ijro etdi.

