Roberto Karlos Islom dinini qabul qildi — OAV

Roberto Karlos Islomni qabul qildi — OAV xabari
Braziliya milliy terma jamoasi va Madridning “Real” klubining sobiq futbolchisi Roberto Karlos Islom diniga kirdi. Bu haqda Ria Novosti nashri Turkiya parlamenti deputati Ali Shahinga tayanib ma’lum qildi.
Haberler.com nashrining Shahin so‘zlariga ko‘ra, “Braziliya musulmonlari jamoatchiligi vakili Jihod Hammada jahon va Braziliya futbolining afsonasi, Turkiyaning ‘Fenerbaxche’ klubining sobiq a’zosi Roberto Karlos bilan uzoq vaqt davomida muloqotda bo‘lganini, to‘rt hafta oldin esa sobiq futbolchi uning oldiga kelib, shahodat kalimasini aytib, Islom dinini qabul qilganini xabar qildi”.
Ma’lumot uchun, 53 yoshli Roberto Karlos “Real” tarkibida uch marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u Madrid klubi bilan to‘rt marta Ispaniya chempionligini, uch marta Ispaniya Superkubogini, ikki marta Qit’alararo kubokni va bir marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Braziliya terma jamoasi safida Roberto Karlos 2002-yilda Jahon chempioni va 1997, 1999-yillarda ikki marta Amerika Kubogi sohibi bo‘lgan.

