Boshqa

Rim imperiyasida qancha odam yashagani hisoblab chiqildi

Zamonaviy hisob-kitoblarga koʻra, Rim imperiyasi oʻz qudratining choʻqqisida 59 milliondan 76 milliongacha aholiga ega boʻlgan. Bu raqamlarni aniqlash uchun tarixchi va arxeologlar qadimgi manbalar, arxeologik topilmalar hamda iqtisodiy maʼlumotlarni birlashtirgan.

Rim imperiyasida yashagan aholi soni hisoblab chiqildi.

Rim imperiyasi aholisining aniq sonini aniqlash tarixchilar uchun doimiy ravishda murakkab vazifa boʻlib kelgan. Buning sababi shundaki, qadimgi Rimda oʻtkazilgan aholi roʻyxatlari imperiyada yashagan barcha shaxslarni qamrab olmagan.

Zamonaviy hisob-kitoblarga koʻra, imperiya oʻz qudratining eng yuqori choʻqqisida 59 milliondan 76 milliongacha aholiga ega boʻlgan. Bu raqamni aniqlashda tarixchilar va arxeologlar turli manbalar, miqdoriy usullar va matematik modellardan foydalanganlar.

Jumladan, qadimgi shaharlardagi arxeologik qazishmalar orqali uylar soni va aholi zichligini baholash mumkin. Soliq va harbiy hujjatlar esa oilalar hajmi, demografik tendensiyalar va armiyada xizmat qilganlar soni haqida maʼlumot beradi.

Oziq-ovqat taʼminoti ham muhim manba hisoblanadi. Rim katta miqdorda, jumladan Shimoliy Afrikadan don import qilgan. Bir kishi yiliga oʻrtacha qancha don isteʼmol qilganini hisobga olib, olimlar ushbu mahsulotlar qancha aholini taʼminlaganini taxmin qilishadi.

Qadimgi qabristonlar ham demografik manba vazifasini oʻtaydi. Oilaviy dafnlar, qabrlar soni va oʻlim koʻrsatkichlari aholining soni va tarkibini baholash imkonini beradi.

Shu bilan birga, qadimgi Rimdagi aholi roʻyxatlari tarixchilar oʻrtasida hanuz bahslarga sabab boʻladi. Masalan, Avgust davridan oldingi roʻyxatlardan birida qariyb 900 ming fuqaro qayd etilgan boʻlsa, Avgust davridagi birinchi roʻyxatda bu raqam 4 milliondan oshgan. Bu farq hisoblash metodikasi va roʻyxatga kimlar kiritilgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

395-yilda Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga boʻlingan paytda Gʻarbiy Rim imperiyasida taxminan 22 million, Sharqiy Rim imperiyasida esa 34 million kishi yashagan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, 59–76 millionlik koʻrsatkich qatʼiy raqam emas. Yangi arxeologik kashfiyotlar va matematik modellarning takomillashishi kelgusida Rim imperiyasi aholisi haqidagi baholarni oʻzgartirishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.