Mahalliy

Respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tozalik tadbirlari boshlandi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari start oldi. 28-iyuldan 6 sentyabrga qadar davom etadigan aksiya doirasida obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshiriladi.

Respublika miqyosida "Dolzarb 40 kun" deb nomlangan tozalik aksiyasi start oldi.

Ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholining ekologik savodxonligini oshirishdan iborat ekanligi ma'lum qilindi.

Tasdiqlangan reja asosida, Ekologiya qo‘mitasi qoshidagi Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi tomonidan butun respublika bo‘ylab keng ko‘lamli amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida agentlik, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarda maxsus shtablar tuzilgan. Bundan tashqari, har bir hududiy boshqarmaga mas’ul xodimlar biriktirilib, navbatchilik tizimi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.