Mahalliy

Region komendanti general unvoniga koʻtarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga general-mayor maxsus unvonini berdi

Hudud komendanti general darajasiga koʻtarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Oʻrinboyevga general-mayor maxsus unvonini berdi. Bu haqda Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi.

Unvon Oʻrinboyevning ichki ishlar organlari tizimidagi koʻp yillik xizmati, shuningdek, Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va tinch hayotini taʼminlash, jamiyatda oʻzaro hurmat, birlik va hamjihatlikni saqlash hamda mustahkamlashga qoʻshgan hissasi eʼtirofi sifatida berildi.

Amanbay Oʻrinboyev 2016–2017 yillarda Nukus shahar ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2017 yil may oyidan Qoraqalpogʻiston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi boʻlgan, 2019 yil mart oyidan 2020 yil fevral oyigacha esa Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Keyingi ikki yil davomida Oʻrinboyev Oʻzbekiston IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2022 yil mart oyida u Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.

2022 yil iyul oyida Nukusda yuz bergan voqealardan keyin Oʻrinboyev Qoraqalpogʻiston IIV rahbari lavozimini tark etdi va respublika Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

2022 yil avgust oyida u Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi etib tasdiqlandi. Bu lavozimda Oʻrinboyev sogʻligʻi yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etishni soʻrab ariza yozgan Murat Kamalovning oʻrnini egalladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.