Sport

“Real” va “Barselona” 20 yoshli futbolchiga xaridor — AS

"Real" va "Barselona" 20 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqmoqda — AS

Ispaniyaning yetakchi uch klubi — "Barselona", "Real" va "Atletiko" Niderlandiyaning "AZ Alkmar" jamoasi yarimhimoyachisi Kes Smitni o'z safiga qo'shib olish uchun raqobatlashmoqda. Bu haqda AS nashri ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Angliya Premyer-ligasi jamoalari ham xaridor bo'lmoqda. Biroq, Smitning o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni afzal ko'rmoqda. "AZ Alkmar" endilikda o'z iqtidorli futbolchisini 60 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, qishki transferlar oynasida "Atletiko" (Madrid) ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilgan, ammo Niderlandiya klubi o'z o'yinchisini sotishdan bosh tortgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan mavsumda Smit barcha musobaqalarda jami 46 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yarimhimoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning hozirgi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.