«Real Sanjik» ishi: apellyasiya hukmi e’lon qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi 8-may kuni Sanjar Karimovni firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik

«Real Sanjik» ishi bo‘yicha apellyasiya qarori ma’lum qilindi
«Real Sanjik» nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga oid ish yuzasidan 8-oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida hukm o‘qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasi uchinchi qismi «a» bandi bilan belgilangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Jinoyat kodeksining 59–61-moddalariga muvofiq, tayinlangan turli jazolarni to‘liq qo‘shish orqali yakuniy ravishda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari, ya’ni 136 million so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 61-moddasiga asosan tayinlangan jazolar alohida-alohida ijro etilishi qayd etildi. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi, apellyasiya shikoyatlari esa qisman qanoatlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi 8 may kuni Sanjar Karimovni firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda 410 BHM miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

