“Real” “PSJ” yetakchisi uchun 150 million yevro taklif qiladi — Fichajes

"Real" "PSJ" yetakchisi uchun 150 million yevro taklif qilmoqda — Fichajes
Madridning "Real" klubi "PSJ" va Portugaliya terma jamoasining 26 yoshli yarimhimoyachisi Vitinyani sotib olish bo'yicha parijliklarga yangi taklif bilan chiqdi. Fichajes nashrining xabar berishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres transfer oynasi yopilguniga qadar futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun so'nggi bor urinib ko'rmoqchi.
Manbalarga ko'ra, "Real" taklif summasini 150 million yevrogacha oshirgan. "Qirollik klubi" aynan shu summa "PSJ"ni o'z yetakchisini qo'yib yuborishga ko'ndiradi, deb umid qilmoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Vitinya "Real" tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
Vitinya 2022-yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shanda Fransiya klubi portugaliyalik iqtidor egasini "Portu"dan 41,5 million yevro evaziga xarid qilgan edi.
Parijdagi faoliyati davomida yarimhimoyachi to'rt marta Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi. Qolaversa, Vitinya "PSJ"ning qatorasiga ikki marta Chempionlar Ligasida zafar quchishiga hissa qo'shgan. Eslatib o'tamiz, futbolchi Parijga ko'chib o'tguniga qadar Angliya Premyer Ligasida ham harakat qilgan bo'lib, "Vulverhempton" safida ijara asosida to'p tepgan.

