“Real Madrid” “Arsenal” yarim himoyachisini sotib olmoqchi

**"Real Madrid" "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Subimendini sotib olishga intilmoqda**
"Arsenal" klubi yarim himoyachi Martin Subimendi bilan xayrlashish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deya xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" safiga Bruno Gimaraesh qo'shilganidan so'ng, 27 yoshli ispaniyalik futbolchining asosiy tarkibdagi o'rni endi kafolatlanmagan. Shu sababli, London klubi futbolchini taxminan 90 million yevro miqdoridagi taklif tushgan taqdirda sotishga rozi bo'ladi.
"Real Madrid" ushbu vaziyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ispaniya grandi futbolchiga bir yil avval ham qiziqish bildirgan edi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so'ng, "qirollik klubi" Subimendi nomzodiga yana qaytishi mumkin.
Shuningdek, "Chelsi" ham Subimendini diqqat bilan kuzatmoqda. London klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Real Madrid"da ishlagan vaqtida futbolchiga qiziqish bildirgan edi. Ular avval "Real Sosyedad" tizimida birga faoliyat olib borgan.
Ma'lumot uchun, Subimendi o'tgan mavsumda "Arsenal" safida 57 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

