Iqtisodiyot

Raqobat qo‘mitasi Wb Taxiʼga isteʼmolchilar e’tirozlari yuzasidan so‘rov yubordi

Raqobat qo‘mitasi Wb Taxiʼga iste’molchilar e’tirozlari bo‘yicha so‘rov yo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi Wb Taxi MCHJga taksi xizmatlarida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash masalasida so‘rov yubordi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda qo‘mitaga kelayotgan murojaatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda taksi xizmatlariga doir iste’molchilar e’tirozlari soni ortgan.

Xususan, 2026-yil yanvar—avgust oylarida Wb Taxi faoliyati bilan bog‘liq qariyb 20 ta e’tiroz bildirilgan.

Ularda buyurtma qilingan taksilar belgilangan manzilga kelmayotgani, haydovchilar bilan qayta bog‘lanishning imkoni yo‘qligi va bunday vaziyatlarda operator chora ko‘rmayotgani qayd etilgan.

Qo‘mita o‘rganishlari jarayonida kompaniya tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlar hamda raqamli platformalar faoliyatiga oid bir qator talablarga yetarli darajada rioya etilmayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng Raqobat qo‘mitasi Wb Taxi MCHJga qonunchilik talablariga amal qilinishini ta’minlash, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bilan qayta bog‘lanish va ma’lumot olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan so‘rov yuborgan.

Maʼlumot uchun, 2026-yil yanvar–avgust oylarida 242 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Shu davrda 329 mln yo‘lovchi tashilgan, tashish aylanmasi 7,2 trln so‘mdan oshgan.

Soliq qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabr holatiga yo‘lovchi tashuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni jami 782,5 mingtani tashkil etmoqda.

Joriy yilning 1-yanvaridan 1-sentyabrigacha agregatorlar orqali faoliyat yuritganlar soni esa 481 117 tani tashkil qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.