Mahalliy

Raqobat qoʻmitasi «Navoiy suv taʼminoti»ning 15,5 milliard soʻmlik tenderida qonunbuzilish holatlarini aniqladi

Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi «Navoiy suv taʼminoti»ning 15,5 milliard soʻmlik tenderini oʻtkazishda qonunbuzilish holatlarini aniqladi. Ishni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra, kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Qoʻmita matbuot xizmati xabar berishicha, surishtiruv tadbirkorning murojaatidan soʻng boshlangan. Oʻrganish davomida kompaniya savdolarni oʻtkazishda «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonun talablariga rioya qilmagani aniqlandi.

Maxsus komissiya «Navoiy suv taʼminoti»ga nisbatan ish qoʻzgʻatdi. Koʻrib chiqish yakunlariga koʻra, kompaniyaga moliyaviy jarima solindi. Bundan tashqari, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Avvalroq Qoraqalpogʻistonda umumiy qiymati 32,1 milliard soʻmlik 317 ta davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlangan edi. Tekshiruv qariyb 41 milliard soʻmlik 345 ta tenderni qamrab oldi, jumladan, mutaxassislar buyurtmachilar va ishtirokchilar oʻrtasida til biriktirish alomatlarini aniqlagan xaridlar ham bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.