Mahalliy

Quvasoyda 32 sotix yerni turarjoy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi

Ikki nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini turarjoy sifatida rasmiylashtirib berishlarini va’da qilgan va unga soxta kadastr yig‘ma jildi tayyorlab berib, 5 000 dollar olishgan.

Quvasoyda 32 sotix yerni turarjoyga aylantirishni va'da qilgan shaxslar qo'lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida, fuqarolar S.G‘. va X.S. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro V.E.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turarjoy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilganliklari ma'lum bo'ldi.

Ular V.E.ga soxta kadastr yig‘ma jildini tayyorlab berish evaziga 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar.

Tekshiruv davomida ushbu pullardan 2 400 AQSh dollari va 7,2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.