Qutqaruvchilar Namanganda 66 yoshli ayolni toʻrt metrlik quduqdan olib chiqishdi

Qutqaruvchilar Namanganda 66 yoshli ayolni toʻrt metrlik quduqdan olib chiqishdi
Namangan viloyatida qutqaruvchilar 66 yoshli ayolni chuqurligi toʻrt metr boʻlgan quduqdan olib chiqishdi. Hodisa shanba kuni, 12 sentyabr kuni ertalab Chust tumanida sodir boʻlgan.
FVV matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, pensioner ayol ehtiyotsizlik orqasida oʻz uyi hovlisidagi quduqqa tushib ketgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, ayolni olib chiqishgan.
Shifokorlar uni koʻrikdan oʻtkazishdi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Shifokorlar unga tibbiy yordam koʻrsatib, yaqinlariga topshirishdi.

