Iqtisodiyot

Quriliş loyihalariga asossiz özgartiriş kiritiş taqiqlanadi

2027-yil 1-martdan maqsadli dasturlar doirasida byudjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarning ekspertizadan ötgan va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asossiz özgartiriş kiritiş taqiqlanadi. Loyiha taşkilotlariga 30 foiz bönak tölaş, hujjatlarni esa «Şaffof quriliş» tizimi orqali ekspertizaga yuboriş belgilanmoqda.

Qurilish loyihalariga asossiz o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi

Hukumatning 2026-yil 21-oktabrdagi 584-son qarori bilan Loyiha-qidiruv ishlari qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, maqsadli dasturlar doirasida byudjet tizimi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda mualliflik nazorati xarajatlari shartnomada alohida ko‘rsatiladi. Bu xarajatlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha shartnomalarga muvofiq, loyiha tashkilotlariga bir marta 30 foiz miqdorida oldindan bo‘nak to‘lanadi.

Loyihalashtirish topshiriqlari raqamli formatda bo‘lishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Tayyor loyiha-smeta hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali qabul qilinib, avtomatik ravishda bir ish kunida ekspertizaga yuboriladi.

Loyihalashtirish topshiriqlarini raqamlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

- 2026-yil 1-dekabrgacha - maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlari;

- 2027-yil 1-sentabrgacha - sog‘liqni saqlash obyektlari;

- 2028-yil 1-iyungacha - boshqa yo‘nalishdagi obyektlar.

2027-yil 1-martdan maqsadli dasturlar doirasida byudjetdan moliyalashtiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlariga yagona yondashuv joriy etiladi. Namunali va takroriy qo‘llanadigan loyihalar «Shaffof qurilish» tizimiga joylashtiriladi.

Bunday obyektlar qurilishi tasdiqlangan namunaviy loyihalarni muayyan joy sharoitiga moslashtirish orqali amalga oshiriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno.

Loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi olinib, ular buyurtmachi xizmatining ichki buyrug‘i bilan tasdiqlanganidan keyin asoslantirilmagan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi.

Shuningdek, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlaridagi obyekt qiymati loyiha tashkilotini tanlashda foydalanilgan dastlabki qiymatdan 1,5 baravardan ortiq oshsa yoki shuncha nisbatda kamaysa, loyiha-qidiruv ishlari qiymati qayta hisoblanadi.

Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.