Qurilish ishlarining yarmidan ko‘pi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekistonda 2026-yilning 8 oyida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qurilish ishlarining 54,8 foizi bajarildi

Qurilish ishlarining yarmidan ko‘pi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri keldi
2026-yil yanvar–avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 142,2 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Bu jami qurilish ishlari hajmining 54,8 foizini tashkil etgan bo‘lib, ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga oshgan.
Yirik qurilish tashkilotlari sakkiz oy davomida 66,7 trln so‘mlik ish bajargan. Bu umumiy hajmning 25,7 foiziga teng bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga o‘sgan.
Aholi tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 50,5 trln so‘mni tashkil etgan. Bu jami qurilish ishlarining 19,5 foiziga to‘g‘ri keladi. Ushbu yo‘nalishdagi hajm bir yil ichida 6,2 foizga oshgan.

