Qulupnay, sabzavot urugʻchiligi va innovatsiyalar transferi: Oʻzbekiston va Janubiy Koreya agrar hamkorlikni kengaytirmoqda

Qulpnay, sabzavot urugʻchiligi va innovatsiyalar transferi: Oʻzbekiston va Janubiy Koreya agrar hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida agrar hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qator muzokaralar oʻtkazdi.
Tashrif davomida «Firmmit» kompaniyasi prezidenti Sunki Pak va «GW International» rahbari Kim Sayon bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
«Firmmit» bilan muzokaralarda tomonlar Oʻzbekistonda ichki va tashqi bozorlar uchun qulpnay yetishtirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ishga tushirishni muhokama qildilar. Loyiha Janubiy Koreya modeli asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish va oʻzbekistonlik agronomlarning malakasini oshirish dasturlarini nazarda tutadi.
«GW International» rahbariyati bilan esa oʻzbek tomoni sabzavot urugʻchiligini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida ixtisoslashtirilgan R & D (tadqiqot va ishlanmalar) markazini ochish rejalashtirilmoqda. Markaz maydonida innovatsiyalar transferi, mutaxassislarni oʻqitish, shuningdek, sertifikatlangan urugʻlarni ishlab chiqarish va eksportga tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi — mahalliy agrosanoat majmuining raqobatbardoshligini oshirish uchun Janubiy Koreya tajribasini Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirishdir.

