Layfstayl

Qoʻrqqan bola tarbiyali boʻladimi? Bulling qanday shakllanishi haqida

Bolani kimdandir qoʻrqitish uni yaxshi xulqli qilib qoʻyadimi? Yoki aksincha, qoʻrquv uni zoʻravonlikni qabul qilish yoki kuch ishlatishga oʻrgatadimi? Psixolog oilada bola tarbiyasida qoʻrquvga tayanish ularning bulling qurboni yoki buller boʻlib qolishlariga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

Qoʻrqqan bola tarbiyali boʻladimi? Bulling qanday shakllanadi

Mentalitetimizda bola kimdandir qoʻrqishi kerak, degan qarash hanuz uchraydi. «Oʻqituvchidan qoʻrq», «otangdan qoʻrq», «kattalarning gapini ikki qilma» kabi tarbiya usullari ko‘pchilikka tanish. Biroq bolalar psixologi Rozaliya Gabdulhakovaning aytishicha, qoʻrquv tarbiyaning samarali vositasi emas. Bola xatoning o‘zi notoʻgʻri ekanini anglab emas, jazodan qochish uchun oʻzini tuta boshlaydi.

«Bolani qoʻrqitish uni yaxshi xulqli qilib qoʻymaydi. Qoʻrquv bolaga “bu ish notoʻgʻri” degan tushunchani emas, “bu ishni qilsam, meni jazolashadi” degan fikrni beradi. Yaʼni bola ichki masʼuliyat bilan emas, jazodan qoʻrqqani uchun oʻzini tuta boshlaydi. Tarbiyaning asosiy maʼnosi uni qoʻrqqanidan emas, hurmat qilganidan oʻz ixtiyori bilan qilishiga erishish – tarbiya deyiladi»,

- deydi mutaxassis.

Qoʻrquvga asoslangan tarbiyaning oqibati faqat bolaning boʻysunuvchan boʻlib qolishi bilan tugamaydi. Mutaxassisga koʻra, bunday muhitda ulgʻaygan bola ikki xil xulq modelini shakllantirishi mumkin.

«Agressiya bilan qoʻrqitdi degani, demak bola xavf tugʻdirib boshqarilyapti degani. Katta odam baqiryapti, yerga uryapti, kaltaklayapti va bolani boshqaryapti. Qoʻrquvga asoslangan tarbiya bolada ikki xil xulq modelini shakllantirishi mumkin. Bittasi qoʻrqib, hamma narsaga itoat qilib, oʻzini fikrini ayta olmaydigan, ikkinchisi shu agressorning xulqini koʻchirgan bola. Yaʼni norozi paytida oʻzi xohlaganini majburlab, qoʻrqitib erishadigan bola boʻlib shakllanishadi. Bolaning temperamentiga qarab shu xulqdan biri shakllanishi mumkin».

Yaqinda 151-maktabda bolaning temir bilaguzuk yutishi bilan bogʻliq voqea ham jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Umuman, bulling eng koʻp muhokama qilinadigan makonlardan biri maktab hisoblanadi.

– biror shaxsni muntazam ravishda qasddan kamsitish, qoʻrqitish, haqoratlash yoki unga nisbatan jismoniy va psixologik bosim oʻtkazish. Bulling maktab, ish joyi yoki internet muhitida yuz berishi mumkin.

– bullingni amalga oshirayotgan, yaʼni boshqalarga nisbatan muntazam ravishda bosim, tahdid yoki kamsitish qilayotgan shaxs hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.