Qozogʻiston va Suriya Damaskda biznes-forum va B2B-uchrashuvlar oʻtkazadi
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Suriya Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Muhammad Said bilan onlayn muzokaralar oʻtkazdi.

Qozogʻiston va Suriya Damaskda biznes-forum va B2B-uchrashuvlarini oʻtkazadi
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Suriya Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Muhammad Said bilan onlayn muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Suriya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, uch mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishni muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha 10–15 dekabr kunlari Damaskda uch davlat biznes vakillari ishtirokida xalqaro biznes-forum oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Forum doirasida toʻqimachilik sanoati, logistika va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlari boʻyicha B2B-uchrashuvlari rejalashtirilgan. Ular eksport-import salohiyatini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, Suriya tomoni 29 noyabr – 5 dekabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan «New Uzbekistan: Crossroads of Global Markets» xalqaro forumida yirik suriyalik tadbirkorlarning ishtirokini taʼminlashga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar uch mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Suriya tomoni ilgari surilgan tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

