Layfstayl

“Qo‘riqchi” va “Kalmar o‘yini” doramalari yulduzi Pak Xe Su ikkinchi bor ota bo‘ldi

"Qo‘riqchi" va "Kalmar o‘yini" doramalarining yulduzi Pak Xe Su ikkinchi marta ota bo‘ldi.

Koreyalik aktyor Pak Xe Su dorama ixlosmandlari orasida yaxshi tanish. U "Kalmar o‘yini", "Qo‘riqchi" va "Surinam" kabi mashhur loyihalarda suratga tushgan. Aktyor nafaqat kasbiy faoliyatida, balki shaxsiy hayotida ham muvaffaqiyatga erishdi.

Pak Xe Su ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda uning agentligi 2026-yil 24-avgust kuni ma’lum qildi. Aktyorning rafiqasi 23-avgustda o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Hozirda Pak Xe Su turmush o‘rtog‘i va chaqalog‘i bilan shifoxonada.

Avvalroq, Xe Su Blue Dragon Series Awards mukofotining 5-taqdirlash marosimida kutilmagan, ammo juda quvonchli yangilikni e’lon qilgan edi: "Tez orada ikkinchi farzandimiz dunyoga keladi. O‘g‘limizga vaqtinchalik "Baraka" (Chukbok-i) deb ism qo‘ydik va u menga doim omad olib keladi".

Pak Xe Su 2019-yilda oila qurgan. Aktyorning rafiqasi jamoatchilikka ko‘rinish bermaydi va undan olti yosh kichik. Koreyalik aktyorning birinchi farzandi 2021-yilda tug‘ilgan, 44 yoshida esa u ikkinchi bor ota bo‘ldi.

Xe Su 2007-yilda "Annapurna" spektakli bilan teatr sahnasida debyut qilgan. U o‘zining birinchi kino rolini 2012-yilda "Urush xudosi" doramasida ijro etgan. Bugungi kunda Xe Su dorama olamidagi eng taniqli va talabgir aktyorlardan biri hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.