Qoraqalpogʻistondagi yangi tibbiyot dargohining dunyo miqyosidagi xalqaro hamkorlari kimlar?
Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etildi

Qoraqalpogʻistondagi yangi tibbiyot dargohining dunyo miqyosidagi xalqaro hamkorlari kimlar?
Orolboʻyi hududida tibbiyot kadrlarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash va aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
Akademiya Orolboʻyi mintaqasida tibbiy taʼlim va amaliyotni ilgʻor global standartlarga moslashtirish, qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy klinik tajribani joriy etish maqsadida dunyoning quyidagi yetakchi universitetlari, klinikalari va boshqaruv markazlari bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatdi:
Mazkur xalqaro hamkorlik tarmogʻi orqali xorijlik yetakchi professor-oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro darajadagi kurslarni yoʻlga qoʻyish hamda mintaqa shifokorlarining global miqyosda malaka oshirishini taʼminlash mumkin.
Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistondagi mazkur ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishgan edi.

