Mahalliy

Qoraqalpogʻistonda va Samarqand viloyatida 368 mln soʻmlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani va Samarqand viloyatining Nurobod tumanida suyultirilgan gaz talon-toroj qilinishi holatlari aniqlandi. Umumiy zarar 368 mln soʻmdan ortiqni tashkil etdi. Amudaryo tumanida «Amudaryotumangaz» xodimlari yettita MFYning 171 nafar aholisi nomiga elektron kartalar rasmiylashtirishgan. Vaholanki, ularning xonadonlari allaqachon umumiy tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan boʻlgan. Shunga qaramay, hujjatlarda suyultirilgan gaz berilgani koʻrsatilgan. Shu tariqa […]

Qoraqalpogʻiston va Samarqand viloyatida 368 mln soʻmlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani va Samarqand viloyatining Nurobod tumanida suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari qayd etildi. Umumiy zarar 368 mln soʻmdan oshdi.

Amudaryo tumanida «Amudaryotumangaz» xodimlari yettita MFYning 171 nafar aholisi nomiga elektron kartalar rasmiylashtirgan. Vaholanki, ularning xonadonlari allaqachon umumiy tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan boʻlgan. Shunga qaramay, hujjatlarda suyultirilgan gaz berilgani koʻrsatilgan. Natijada 220,3 mln soʻm talon-toroj qilingan.

Nurobod tumanida esa «Nurobodtumangaz» masʼul xodimlari 148,3 mln soʻmni oʻzlashtirib yuborgan. Bu pullar suyultirilgan gaz sotishdan tushgan boʻlib, bankka topshirilmagan.

Har ikki holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Aniqlangan qonunbuzarliklar suyultirilgan gazni hisobga olish va sotishning amaldagi tizimi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda ushbu tizimni isloh qilish rejalashtirilmoqda. Kam taʼminlangan oilalarga avvalgi qoʻllab-quvvatlash mexanizmi oʻrniga kompensatsiya toʻlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.