Qoraqalpogʻistonda tadbirkorga xatolik tufayli 216 mln soʻmlik QQS hisoblandi
Yakka tartibdagi tadbirkor haqiqiy emas, balki prognoz qilingan aylanmaga asoslangan hisob-kitobdan soʻng QQS toʻlashga oʻtkazildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Tadbirkor roʻyxatdan oʻtganidan keyin bor-yoʻgʻi 43 kun ishlagan. Ushbu davrda uning haqiqiy tovar aylanmasi 216,4 mln soʻmni tashkil etgan. Biroq soliq organi yil oxirigacha boʻlgan kunlar sonini hisobga olgan holda koʻrsatkichni qayta hisoblab chiqqan. Natijada aylanma rasman belgilangan […]

Qoraqalpogʻistonda tadbirkorga xatolik tufayli 216 mln soʻmlik QQS hisoblandi
Yakka tartibdagi tadbirkor haqiqiy emas, balki prognoz qilingan aylanma asosida qilingan hisob-kitobdan soʻng QQS toʻlashga oʻtkazilgan. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
Tadbirkor roʻyxatdan oʻtganidan keyin bor-yoʻgʻi 43 kun faoliyat koʻrsatgan. Ushbu davr mobaynida uning haqiqiy tovar aylanmasi 216,4 mln soʻmni tashkil etgan. Biroq soliq organi ushbu koʻrsatkichni yil yakunigacha boʻlgan kunlar sonini hisobga olgan holda qayta hisoblagan. Natijada aylanma rasman belgilangan 1 mlrd soʻmlik chegaradan oshib ketgan.
2026 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkor QQS toʻlovchilar toifasiga kiritilgan. Xabarnoma va maxsus guvohnoma 25 mart kuni uning shaxsiy kabinetiga yuborilgan.
Biznes-ombudsman Nukus tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qildi. Sud arizani toʻliq qanoatlantirdi va asossiz hisoblangan soliqni bekor qildi. Soliq solish tartibi tadbirkorning haqiqiy aylanmasiga muvofiqlashtirildi.

