Mahalliy

Qoraqalpogʻistonda ikki kilogrammdan ortiq marixuana musodara qilindi. Video

Qoraqalpogʻistonda ikki kilogrammdan ortiq marixuana musodara qilindi. Video

Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Huquq-tirtibot xodimlari ikki kilogrammdan ortiq marixuanani musodara qilishdi, gumonlanuvchi esa taqiqlangan moddani boshqa shaxsga topshirayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Maxsus operatsiyani Qoraqalpogʻiston bojxona boshqarmasi xodimlari DXX, IIV va Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazdilar.

Huquq-tirtibot xodimlarining maʼlumotlariga koʻra, qoʻlga olingan shaxs ilgari kuzatuvda boʻlgan va giyohvandlik moddasini topshirayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Keyingi tekshiruvlar davomida marixuana bir nechta joydan: gumonlanuvchining avtomobilidan, uning uyidan va boshqa bir fuqarodan topildi. Musodara qilingan moddaning umumiy vazni 2,18 kilogrammni tashkil etdi.

Yuz bergan holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Ishning boshqa tafsilotlari hozircha maʼlum qilinmayapti.

Avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ijaraga olingan qishloq xoʻjaligi maydonida 7 kilogramm marixuana boʻlgan ikkita konteyner topilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.