Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlarini bilasizmi?

Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlarini bilasizmi?
Tabiatning bebaho ne’matlaridan biri sanalgan qora sedana qadim zamonlardan beri turli xastaliklarni davolashda ishlatib kelingan. Uning tarkibidagi foydali moddalar organizm immun tizimini mustahkamlash, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilash, teri va soch salomatligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ko‘plab salbiy omillarga qarshi kurashishda yordam beradi. Quyida qora sedananing yana bir qator shifobaxsh jihatlari haqida so‘z boradi.
Sedananing davolovchi xususiyatlari tarixi juda qadimga borib taqaladi, buni neolit va mezolit davriga oid qazishmalarda qora sedana urug‘lari topilgani ham tasdiqlaydi. Uni dorivor o‘simlik sifatida Gippokrat, Pliniy va Dioskoridlar qo‘llagan. Ibn Sino asarlarida esa qora sedana “organizmning energiyasini rag‘batlantiradigan, tushkunlik va charchoqni bartaraf etadigan urug‘” deb qayd etilgan.
Sedananing foydali xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotlar
XX asr o‘rtalarida turli xalqaro universitetlar tomonidan 500 dan ortiq ekspertlar ko‘rib chiqqan tadqiqotlar e’lon qilingan bo‘lib, natijada qora sedana qo‘llanishi turli kasalliklarni davolashda samarali ekani isbotlangan. Shu bilan birga, qora sedana ko‘nikib qolish, allergik reaksiyalar va intoksikatsiya kabi ta’sirlarga ega emas.
Bugungi kunda qora sedananing quyidagi farmakologik ta’sirlari ma’lum: spazmlarga qarshi va og‘riq qoldiruvchi; antibakterial va zamburug‘larga qarshi; yaralarga qarshi va gepaprotektiv (jigarni himoya qilish); antioksidant va allergiyaga qarshi; antivirus effekti (interferon induktori); diabetga qarshi (insulin sezgirligini tabiiy regulyatori) va gipotonik ta’siri; bronxodilatator va renoprotektiv (buyrakni himoya qilish); o‘simtalarga qarshi va immunitet kuchaytiruvchi.
Qora sedananing foydali xususiyatlari
Uning 100 grammida ushbu mikroelementning deyarli kunlik me’yori (1000 mg) mavjud bo‘ladi. Shuningdek, tarkibidagi rux suyaklarning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.
Sedana “yomon” xolesterinlarni kamaytirish xususiyatiga ega antioksidantlarga boy. Qolaversa, unda qon bosimini nazorat qiluvchi magniy ham bor.
Ichaklar faoliyati uchun
Tarkibidagi foydali yog‘lar sabab ushbu mahsulot ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi. Undagi antioksidantlar immunitetni mustahkamlaydi, kletchatkalar esa jigarni himoya qilib, organizmdan toksinlarni chiqarib yuborishga yordam beradi.
A’lo kayfiyat
Kalsiy va magniy uyg‘unligi asabiylik va stressga qarshi yaxshi samara beradi. Triptofan va tiamin esa organizmda “baxt gormoni” serotonin ishlab chiqarilishiga ko‘maklashadi.
Ayollar uchun foydasi
Shuningdek, menopauza davrida ham yaxshi natija beradi. Uning tarkibidagi fitoestrogen ayollar gormoni estrogenning o‘rnini bosadi va organizmning erta qarishining oldini oladi.
Sharq fitotibbiyotida qora sedana eshitish va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi, xotirani mustahkamlashi, hatto oqargan sochlardan qutulishga ham yordam berishi ta’kidlangan. Yaponiyada oq sochli ayol va erkaklar o‘rtasida tajriba o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra har bir ishtirokchi kuniga ikki qoshiq qora sedana iste’mol qilgan. Oradan ikki oy o‘tib, ishtirokchilarning sochlari qoraya boshlagan.
Erkaklar uchun foydasi
Sedana tarkibidagi rux va mis erkaklar salomatligi uchun muhim. Ushbu mikroelementlar qon aylanishini yaxshilaydi, A va E vitaminlari ham foydali hisoblanadi.
Qancha miqdorda iste’mol qilish kerak?
Kimlarga tavsiya qilinmaydi?
Buyrak va siydik pufagida muammo bo‘lganlar sedana qo‘shib tayyorlanadigan taomlardan uzoqroq turishi kerak. Yetarlicha kaloriyaga boy ekani, uning 100 grammida 560 kkal bo‘lgani sababli ham parhez qilayotganlarga undan tiyilish maslahat beriladi.
Qanday saqlash kerak?
Qorong‘i va salqin joyda germetik idishda saqlansa, qora sedanani uch oygacha saqlash mumkin. Yarim yil davomida sifati buzilmasligi va aynimasligi uchun uni muzlatkichga qo‘yish kerak.

