Qiş qarşisidagi çimyonliklar: qişloqlar sovuq kunlarga tayyorlanmoqda
Havo haroratining pasayişi ortidan olis hududlarda sovuq kunlarga tayyorgarlik boşlandi. “Qarigan” boğlarni sotib olib, daraxtidan ötin hozirlab qöygan ötinfuruşlar maşinasi bilan allaqaçon bozorni töldirgan. Gazlaşmagan hududlarda odamlar ötin va kömir ğamlaş taraddudida. Kun.uz muxbiri Farğona tumani Çimyon qişloğida bölib, ötin bozoridan reportaj tayyorladi.

Qish oldidagi chimyonliklar: qishloqlar sovuq kunlarga hozirlik ko‘rmoqda
Biz borgan Chimyon qishlog‘ining Konchilar mahallasidagi bozor haftaning chorshanba-shanba kunlari ishlarkan.
O‘tin narxi qancha?
“Ayni kunlarda bir Labo o‘rik o‘tin holatiga qarab 800 000 so‘mdan 1 mln 200 000 so‘mgacha, “ZIL”dagisi esa 2 mln 800 ming so‘mgacha sotilyapti. Yoz kunlarida muddati o‘tgan, yaxshi hosil bermay qo‘ygan bog‘lardagi mevali daraxtlarni kesib, qishda sotish uchun tayyorlab qo‘yamiz. Bu ham tirikchilikning bir ko‘rinishi-da. Sovuq tushdi deguncha ularni bozorga olib chiqamiz.
O‘tin sotib boyib ketmaysiz-ku, lekin hartugul qora qozoningiz qaynab turadi-da. Qishda o‘tin sotaman. Bahordan boshlab dehqonchilik bilan shug‘ullanaman, traktor haydayman.
Kunlar sovib, o‘tin sotish mavsumi ham boshlandi. Endi buyog‘iga to bahorgacha o‘tin sotamiz. Chimyon qishlog‘ining Konchilar mahallasida har chorshanba-shanba bozor bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari boshqa qishloqlardagi bozorlarga borib o‘tin sotib kelamiz.
Bir oila kamida 3 ta Labodagi o‘tin va o‘rtacha 2 tonna ko‘mir bilan qishdan chiqishi mumkin”, deydi o‘tinfurushlardan biri.
Farg‘ona tumanining Qorğontepa qishlog‘ida yashovchi Adham ota Abbosovni o‘tin bozorida uchratdik. Otaxon narxlarni bilish uchun bozor oralagan ekan.
“Bozorga tushib, o‘tin narxlariga qiziqdim. Qish ham kelyapti, ilojini qilsak, o‘tin sotib olamiz-da. O‘zimizning bog‘dorchiligimiz bor, o‘tin o‘zimizdan ham chiqadi, kam-köstiga olib qo‘yamiz-da. Bilib bo‘lmaydi, qish qattiq kelishi ham mumkin. Har yili 2 ta pechkaga o‘t yoqamiz. 1,5 tonna ko‘mir va 2 Labo o‘tin bilan qishdan eson-omon chiqib olamiz”, deydi Adham ota.
Konchilar bozoriga kirish eshigi yonidagi do‘konda Tohir aka Xolmatov o‘g‘li bilan pechka sotar ekan.

