Qiziqchi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarligiga tayinlandi

Qiziqchi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oʻzbekistonda uzoq yillardan buyon ijod qilib kelayotgan mashhur qiziqchi va soʻz ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu xabar qiziqchining maʼmuri tomonidan “Daryo” nashriga maʼlum qilindi.
Shukurullo Isroilov 1970-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida musiqa maktabining rubob yoʻnalishida taʼlim olgan. Keyinchalik Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr fakultetini hamda Sharqshunoslik institutining xalqaro fakultetini tamomlagan. U sanʼat sohasidagi faoliyatini 1982-yilda boshlagan. Koʻp yillar davomida “Mirzo” qiziqchilar teatri bilan hamkorlikda ishlagan va jamoaning taniqli aʼzolaridan biriga aylangan.
Yetimlikda ulgʻaygan, “morg”da ishlagan va oʻzidan 10 yosh katta ayol bilan oila qurgan Shukurullo Isroilov 55 yoshda (foto, video).

