Mahalliy

Qish yaqinlashmoqda: Toshkent sovuqqa qanday tayyorgarlik ko‘ryapti va nima uchun uylar issiqroq bo‘lishi kerak?

Veolia Energy Tashkent qariyb 120 km quvurlarni almashtirdi, 570 dan ortiq qozonlarni ta’mirladi va issiqlik ta’minoti parametrlarini nazorat qilish uchun 346 ta onlayn datchik o‘rnatdi. So‘nggi yillarda tarmoqlardagi avariya holatlari 39 foizga kamaydi.

Qish yaqinlashmoqda: Toshkent sovuqqa qanday tayyorgarlik ko‘ryapti va nima uchun uylar issiqroq bo‘lishi kerak?

Har yili sovuq ob-havo boshlanishi bilan shahar aholisi oldida mantiqiy savol paydo bo‘ladi: “Tarmoqlar bardosh beradimi? Issiqlik yetarli bo‘ladimi?”. Har bir isitish mavsumining ortida Veolia Energy Tashkent yil davomida amalga oshiradigan ulkan ishlar turadi. Kompaniya 2022-yil iyul oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda, shuning uchun so‘nggi to‘rt yildagi asosiy o‘zgarish oddiy: Veolia Energy Tashkent “avariyadan keyingi yamash” uslubidan qat’iy profilaktika va oldini olishga o‘tdi.

Tayyorgarlikning asosiy ko‘rsatkichlari

Tizimning barqaror ishlashi uchun barcha yo‘nalishlarda keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari olib borilmoqda:

Issiqlik xizmatidagi texnologiyalar

Kompaniya allaqachon ko‘r-ko‘rona ishlashdan voz kechdi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi issiqlik ta’minotini boshqarish tizimi — bu quyidagi raqamlar:

Doimo aloqada: Call-markazni raqamlashtirish

Kompaniya har bir so‘rov tezroq va yo‘qotishlarsiz ko‘rib chiqilishi uchun qo‘llab-quvvatlash xizmati ishini modernizatsiya qildi va raqamlashtirdi:

“Nima uchun issiqlik faqat bizga bog‘liq emas?”

Ko‘pincha shunday holat bo‘ladi: qozonxona a’lo darajada ishlaydi, biroq muayyan xonadonda sovuq bo‘ladi. Buning sababi boshqaruv tashkilotlari va yashovchilarning o‘zlari mas’ul bo‘lgan uy ichidagi tarmoqlarning — yerto‘lalar, elevator bog‘lamalari, tik quvurlar — holatidadir. Agar yerto‘ladagi tik quvurlar nosoz bo‘lsa va issiqlik batareyaga yetib borguncha yo‘qolsa, xonadondagi issiqlik kerakli darajada bo‘lmaydi. Shu bois birgalikda ishlash juda muhim: uyni qishga tayyorlash (tizimlarni yuvish, jo‘mraklarni taftish qilish) — yashovchilar va boshqaruvchi tashkilotning umumiy vazifasi.

Kompaniya barchani tinglaydi

Veolia Energy Tashkent hech bir tizim mukammal emasligini va mahalliy muammolar hanuz yuzaga kelishi mumkinligini tushunadi. Barcha muammolarni bir kunda hal etishning iloji yo‘q, ammo kompaniya ularning yechimi ustida doimiy ishlamoqda.

Tizimli profilaktikaga o‘tish tufayli so‘nggi yillarda tarmoqlardagi avariya hodisalari soni 39 foizga, texnik issiqlik yo‘qotishlari esa deyarli ikki baravarga (44,3 foizdan 27,7 foizgacha) kamaydi.

Kompaniya muloqotga ochiq: aholining hech bir murojaati e’tiborsiz qolmaydi.

1347 raqami orqali bog‘lanish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.