Qirol Çarlz III qul savdosini tarixning şarmandali sahifasi deb atadi
Qirol Çarlz rafiqasi bilan Karib dengizi mamlakatlari böylab safarda bölib turibdi va uşbu safar oldidan Britaniyada qul savdosining oqibatlari haqidagi bahs-munozaralar yana avj oldi.

Qirol Çarlz III qul savdosini tarixning şarmandali sahifasi deb atadi
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III Hamdöstlik sammitining ochilishidagi nutqida, kutilganidek, Britaniyaning transatlantik qul savdosidagi ishtiroki uchun uzr so‘ramadi, biroq o‘tmishning bu hodisasini «qalbini chuqur qayg‘uga to‘ldiruvchi» tarixning sharmandali sahifasi deb atadi.
Qirol Çarlz o‘z nutqida o‘tgan asrlardagi transatlantik qul savdosi qurbonlarining taqdiri uni qanchalik chuqur qayg‘uga solishini ta’kidlashga harakat qildi.
«Qulga aylantirilgan odamlarning transatlantik savdosi hamon ushbu orollar va Hamdöstlikning boshqa a’zolari ustiga soya solib turibdi. Avval aytganimdek, tarixning bu sharmandali bobi yuragimni dahshatga, qalbimni esa cheksiz qayg‘uga to‘ldiradi», - dedi qirol.
«Bizga tarixni tanlash yoki o‘zgartirish imkoni berilmagan, - deb so‘zida davom etdi u. - U biz tanishi mumkin bo‘lmagan ajdodlarimizdan o‘zining barcha murakkabliklari bilan bizga meros bo‘lib qolgan. Ushbu merosimiz ularning yutuqlarini ham, xatolarini ham, ezgu ishlarini va ular sodir etgan adolatsizliklarni ham o‘z ichiga oladi».
Qirollik juftligi Karib dengizi mamlakatlari bo‘ylab safar doirasida Hamdöstlik sammitiga tashrif buyurdi va Çarlz III ushbu safarning barcha bosqichlarida qul savdosi mavzusiga to‘xtalib o‘tmoqda.
Ushbu safarning ilk manzili bo‘lgan Bahama orollarida qirol Çarlz o‘z nutqida qullarning azob-uqubatlari haqida gapirdi, so‘ngra Gayanada qullar ish tashlashining shafqatsizlarcha bostirilishi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni ziyorat qildi.
Millatlar hamdöstligi - aksariyati Afrika, Osiyo va Karib havzasida joylashgan 56 ta mustaqil davlat birlashmasidir. Ularning barchasi bo‘lmasa-da, ko‘pchiligi o‘tmishda Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Britaniya monarxi Buyuk Britaniyadan tashqari Hamdöstlikning 14 ta mamlakatida hamon davlat rahbari hisoblanadi.
Hamdöstlik mamlakatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi har ikki yilda bir marta, har safar yangi mamlakatda o‘tkaziladi.

